Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining maqomi belgilandi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 16-mart kuni Hukumatning 106-son qarori bilan “Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlarining maqomi, turlari, roʻyxatini shakllantirish hamda hududlarida qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Nizomga koʻra, Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
• biologik;
• geologik;
• gidrologik;
• paleontologik.
Taklif etuvchi tabiiy obyektni Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni vakolatli organning hududiy boʻlinmasiga taqdim qiladi.
Taklifga tabiiy obyekt toʻgʻrisida maʼlumotnoma, uning geolokatsiyasi, shuningdek, foto va video tasvirlar ilova qilinadi. Taklif 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hududiy boʻlinma tabiiy obyektning belgilangan talablarga javob berishini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqib, natijasi boʻyicha dalolatnoma tuzadi.
Vakolatli organ hududiy boʻlinma tomonidan yuborilgan hujjatlarni 5 ish kuni ichida koʻrib chiqib, tabiiy obyektni vakolatli organning buyrugʻi asosida Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari roʻyxatiga kiritadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring