Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi

17:31 18 Yanvar 2021 Jamiyat
1465 0

Numbeo portali dunyo mamlakatlari jinoyatchiligi va xavfsizligining 2021-yilga moʻljallangan indeksini eʼlon qildi. U 100 balldan hisoblanadi: jinoyatchilikni baholash mezonlari qancha past boʻlsa, xavfsizlik koʻrsatkichi shunchalik yuqori boʻladi.

2021-yilda Oʻzbekiston jinoyatchilik koʻrsatkichi 34,70 ball, xavfsizlik koʻrsatkichi 65,30 ballni tashkil etdi. Bu koʻrsatkichlar bilan respublika xavfsizlik boʻyicha dunyoda 40-oʻrinni egalladi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

Yangilangan reytingga koʻra, Oʻzbekiston davlati oʻz pozitsiyasini Litva va Kuvaytga boy berdi, ammo Vengriya va Germaniyadan oldinga oʻtdi.
Osiyoda xavfsizlik boʻyicha Oʻzbekiston jinoyatchilik darajasiga koʻra 19-oʻrinni (2020-yilda 12-oʻrin) va jinoyatchik boʻyicha qitʼadagi 43 davlat orasida 25-oʻrinni egallab turibdi. Markaziy Osiyoda respublika eng xavfsiz mamlakatga aylandi. Qirgʻiziston eng xavfli davlat deb topildi.

Jinoyatchilik darajasi eng yuqori boʻlgan beshlikka — Venesuela (84,25), Papua-Yangi Gvineya (80,24), JAR (77,07), Afgʻoniston (76,37) va Gonduras (74,78) kiritilgan.

Jinoyatchilik darajasi past boʻlgan dunyodagi eng xavfsiz mamlakat sifatida Qatar (12,29). Undan keyingi oʻrinlarda Tayvan (15.24), BAA (15.35), Ummon (20.26) va Man oroli (20.79) eʼtirof etildi.


 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер