Oʻzbekiston maktablarida bahorgi taʼtil qachondan boshlanishi maʼlum boʻldi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra, mamlakatdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 21-martdan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.
2025-yilda 21-mart, juma kuniga toʻgʻri keladi. 20-mart, chorshanba kuni maktablarda III chorakning soʻnggi kuni boʻlishi belgilangan. IV chorak darslari esa 28-mart, juma kunidan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 8-mart Xotin qizlar kuni va Navroʻz bayrami munosabati bilan dam olinadigan kunlarni eʼlon qilgan edi.
Unga koʻra, 8-mart (shanba) — Xotin-qizlar kuni, 9-mart (yakshanba) — dam olish kuni, 10-mart (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni boʻladi.
Shuningdek, 21-mart (juma) — Navroʻz bayrami, 22-mart (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni, 23-mart (yakshanba) — dam olish kuni boʻlishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, Mehnat kodeksida dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilishi belgilangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring