O‘zbekiston Xitoyga besh tonna gilos yetkazib berdi
O‘zbekiston birinchi marta gilosni Xitoyga eksport qilishni boshladi.
Kuni kecha mamlakatimiz bog‘larida yetishtirilgan shu turdagi mevaning besh tonnasi Pekin shahriga yetkazib berilgan.
Bu haqda O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi ma’lumotiga tayanib uz24.uz sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, biroz oldin xitoylik ekspertlar yurtimizga tashrif buyurib, gilosni biologik toza mahsulot ekaniga ishonch hosil qilishgan edi va 80 ming AQSH dollarilik mahsulot yetkazib berish borasida shartnoma imzolangan edi.
Endi O‘zbekiston gilosi Xitoyning Pekin, Guanchjou, Shanxay, Sindao va Chunsin provinsiyalariga yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, yaqin kunlarda Xitoyning yirik kompaniyalari tomonidan O‘zbekistondan boshqa turdagi ho‘l mevalarni sotib olish bo‘yicha ham shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring