O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi
Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi etib qayta nomlandi.
Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.
Institut islomshunoslik, dinshunoslik, davlat va din munosabatlari asoslari yo‘nalishlarida mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga mas’ul muassasa hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring