Oʻzbekiston Italiyadan 1,3 mln dollarga mebel mahsulotlarini import qilgan
Joriy yilning 8 oyida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 57,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,9 mln. AQSH dollariga koʻp.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida import qilingan mebel mahsulotlarining eng katta ulushi Koreya (26,6 mln.), Xitoy (8,6 mln.), Turkiya (8,6 mln.), Rossiya (4,1 mln.), Litva (1,6 mln.), va 1,5 mln. AQSH dollari bilan Ukraina hissasiga toʻgʻri kelgan.
Maʼlumot oʻrnida, bu yil Oʻzbekiston 46 (oʻtgan yilning shu davrida 51 ta ) ta xorijiy davlatlardan mebel mahsulotlarini import qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring