Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi tashkil etildi
Davlat va nodavlat tashkilotlari oʻrtasida muloqot muhitini shakllantirish, respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirish, chet davlatlardagi yirik korporatsiya va savdo tarmoqlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi tuzildi.
Mamlakatimiz iqtisodi va biznes olami uchun yangilik boʻlgan mazkur assambleya oʻzida 12 ta mahalliy ilgʻor assotsiatsiya va milliy markazlarni birlashtiradi.
Assambleya qoshida xalqaro arbitraj sudi, mediamarkaz, tadbirkorlikka tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha biznes akademiya, xorijiy bozorlarga chiqishga moʻljallangan elektron platforma hamda IT boʻlimlari ishbilarmon doira vakillariga xizmat koʻrsatadi.
Assambleya oʻz dasturiga koʻra, xorijiy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, xalqaro koʻrgazma va biznes forumlar tashkil etish boʻyicha ham faoliyat olib boradi. Shu bilan birga, milliy brendlar yaratish, marketing, menejment va biznes doira vakillari uchun kasb bayramlarini tashkillashtirish ustida ishlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring