Oʻzbekiston ikki oyda 1,3 mln dollarlik 1,2 ming tonna limon eksport qildi
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1,2 ming tonna limon eksport qilgan.
Taʼkidlanishicha, limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 tonnaga oshgan.
Quyida 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar roʻyxati:
• Rossiya – 715 tonna;
• Qozogʻiston – 325 tonna;
• Qirgʻiziston – 194 tonna.
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
• Fargʻona viloyati – 521 tonna;
• Toshkent viloyati – 219 tonna;
• Xorazm viloyati – 159 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring