Oʻzbekiston hududlarida kuchli yogʻingarchilik kuzatiladi — “Oʻzgidromet”
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Joriy yilning 10-13-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.
Unga koʻra, ushbu kunlarda Oʻzbekiston boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, shimolda qorga aylanadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.
Respublika boʻylab baʼzi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/sekundgacha kuchayadi, 10-fevralda ayrim joylarda baʼzida 20–23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring