Oʻzbekiston 6 — 8-iyul kunlari “Termik depressiya” sinoptik jarayoni taʼsiri ostida boʻlishi kutilmoqda

21:31 05 Iyul 2021 Jamiyat
1702 0

Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

«Oʻrta Osiyo hududlari ustida termik depressiya kuzatilishi hisobiga

6-8-iyul kunlari Oʻzbekiston boʻyicha issiq koʻtarilishi kutilmoqda. Bu kunlari oʻrtacha sutkalik havo harorati qiymatlari shu kunga xos boʻlgan iqlimiy meʼyordan 6-8 darajagacha yuqori boʻlishi mumkin.

Meteorologiyada termik depressiya – bu sinoptik jarayon boʻlib, unda Yer yuzasida past frontsiz bosim maydoni hosil boʻladi, oʻrta troposferada esa iliq balandlik oʻrkachi (yopiq izobaralarga ega boʻlmagan katta bosimli joy yoki mintaqa) rivojlanadi. Hozirgi termik depressiya faol bosqichida atmosfera bosimi 995 gPa gacha kamayishi mumkin.

Termik depressiya – bu sinoptik holatning yaqqol ifoda etilgan yozgi turidir, u faqat iyun oyidan avgust oyigacha rivojlanadi va odatda

2-3 kun kuzatiladi, 4-7 kun davomiyligidagi vaziyatlari kamroq davom etadi. Lekin oxirgi paytlarda iqlim oʻzgarishi tufayli, termik depressiyaning davomiyligi ortmoqda.

Termik depressiyaning toʻlishi sovuq kirib kelishi natijasida vujudga keladi. Yoz oylarida sovuq frontlarning kirib kelishi odatda yogʻingarchiliksiz, bulutsiz boʻladi. Biroq, front oʻtishi tez-tez changli boʻronlar bilan kuchli shamollarni hosil qiladi» deyiladi maʼlumotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер