Oʻzbekiston hududiga sovuq qurol olib oʻtilishiga chek qoʻyildi
Maʼlumki, qurolarni respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun jazo muqarrarligi belgilangan. Biroq, bojxona chegaralari orqali qoʻrol va oʻq dorilarni fuqarolar tomonidan olib oʻtishga boʻlgan urinishlar afsuski uchramoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga “BMW 520” rusumli yengil avtotransport vositasini boshqarib kirib kelgan fuqarosining qoʻl yuklari bojxona nazoratidan oʻtkazilganida, oʻziga tegishli boʻlgan chemodan ichidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 1 dona “PM kalibr 4,5mm” nomli toʻpponcha va 1 dona “BORNER” nomli gaz balon hamda “Shar otsinkovannыy 3000sht.” nomli oʻqlarni olib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring