Oʻzbekiston hududidagi afgʻonistonlik qochqinlar soni ilk bor eʼlon qilindi
Ayni paytda Oʻzbekistonda 150 ga yaqin afgʻon qochqinlari bor. Bu haqda Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston rasmiylari Surxondaryoda istiqomat qilayotgan afgʻon qochqinlarini Afgʻonistonga majburan deportatsiya qilishni rejalashtirmagan.
Joriy yilning 14-15-avgust kunlari Amudaryodan oʻtgan qochqinlar soni 150 ga yaqin. Ularning moliyaviy imkoniyatlari nihoyatda cheklangan. Ularning oilalari Afgʻonistonda qolmoqda, — dedi maxsus vakil.
Ismatulla Irgashev qochqinlar bilan ham suhbatlashdi. Tolibon hukumati ularni taʼqib qilmasa, oʻldirmasa yoki qamoqqa tashlamasa, ular mamlakatga qaytishga tayyor, deydi u.
Oʻz navbatida, harakat vakillari qochqinlar vataniga xizmat qilsa, ularni kechirishlarini aytishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring