“Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK qishki taʼtilda talabalar uchun 50 foizlik chegirmalar uzaytirilishini eʼlon qildi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi talabalar uchun qishki taʼtil davridagi chegirmalar muddati uzaytirilganini maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021/2022 oʻquv yili qishki taʼtilning 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilishi munosabati bilan “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AK tomonidan respublika ichidagi yoʻnalishlarda talabalar uchun chegirmalar muddati 2022-yil 23-yanvargacha uzaytiriladi.
2022-yil 10-yanvargacha boʻlgan parvozlar uchun sotib olingan aviachiptalar uchun 2022-yil 23-yanvarga qadar rejalashtirilgan reyslar uchun bepul qayta rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya 2022-yilning 20-23-yanvar kunlari jadvalga qoʻshimcha reyslarni ham joriy qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring