Oʻzbekiston giloslari Rossiya bozorlarini zabt etmoqda
Oʻzbekistonda yetishtirilgan giloslarning birinchi partiyasi Rossiyaga muvaffaqiyatli eksport qilindi. Bu haqda EastFruit portali xabar berdi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti konsultanti Baxtiyor Abduvohidovning aytishicha, Oʻzbekistonda yetilgan giloslar ortilgan birinchi yuk mashinasi oʻtgan haftada Novosibirskka yetib borgan.
Oʻzbekistonlik koʻtarachi savdogarlar gilosning 1 kg.ini 550 rubl(7,3 dollar)dan sotishdi. Va ushbu mevaga boʻlgan talab kutilganidan ham oshib ketgan. Uning 1 kg.i chakana savdoda 1000 rubl(13 dollardan ziyod)dan paydo boʻladi. Bu esa chakana savdo vakillari yaxshigina daromad qilishini anglatadi.
Logistika xarajatlari oshganiga qaramay koʻtarachilar ham yaxshi foyda olishi kutilyapti.
Portal tahlilchilarining hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekiston har yili 35 ming tonnadan 50 ming tonnagacha gilos eksport qiladi. Rossiya esa mintaqadagi eng yirik gilos importchisidir. U har yili qariyb 75 ming, portalning baholashicha esa 100 ming tonnadan ziyod gilos sotib oladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring