Oʻzbekiston FVV Tomskdagi yongʻinda 10 nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani haqida xabar berdi

10:46 21 Yanvar 2020 Jamiyat
1268 0

21-yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 00:05 da Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Prichulimskiy aholi yashash punkti Svoboda koʻchasidagi bir qavatli yogʻochdan qurilgan 1/3-uyda yongʻin sodir boʻlgan.

Yongʻin natijasida uyning 208 kvadrat metr maydonda tom va shift qismi yonib, qulagan. Birlamchi maʼlumotga asosan, ushbu xonadonda 12 nafar Oʻzbekiston fuqarosi yashagan.

“Ulardan 10 nafari voqea joyida halok boʻlgan va ikki nafar fuqaroga tibbiy yordam koʻrsatilib, javob berilgan. Ular «Grinvud” yogʻoch tayyorlash kompaniyasi ishchilari boʻlgan», — deyiladi FVV axborotida.

Vafot etgan fuqarolar Tomsk oblasti Asino shahridagi tuman shifoxonasi oʻlikxonasida saqlanmoqda. Mazkur holat yuzasidan voqea joyida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Shuningdek, Oʻzbekiston FVV, TIV, IIV hamda hududiy konsullik xizmatlari bilan hamkorlikda halok boʻlganlarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularni vataniga olib kelish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda”, — deya qoʻshimcha qilingan FVV axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер