Oʻzbekiston fuqarolariga Erondan Turkmaniston orqali tranzit chiqib ketishida yordam koʻrsatiladi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Erondan Turkmaniston hududi orqali mamlakatimizga qaytayotgan fuqarolarimizga yordam koʻrsatish choralarini koʻrmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” Axborot agentligi.
Bildirilishicha, Oʻzbekistonning Ashxoboddagi elchixonasi Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va vakolatli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Oʻzbekistonning Erondagi elchixonasi bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan boʻlib, fuqarolarimizni “Saraxs” Turkmaniston–Eron chegara nazorat-oʻtkazish punktida kutib olish uchun Elchixona xodimlari va avtomashinalari safarbar qilingan.
Oʻzbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi xodimlarining aloqa maʼlumotlari:
- +993 64 78-04-44 – Jasur Ashurov
- +993 64 99-34-58 – Jamshid Buriyev
- +993 62 20-49-56 – Jasur Axmedov (konsul)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring