Oʻzbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
Bugun, 27-yanvar kuni Bishkekdagi “Ala-Archa” qarorgohida davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olish marosimi boʻldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.
Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari oʻtmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring