Oʻzbekiston eng islohotchi TOP-20 davlatlar ichida

10:16 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
1100 0

Jahon banki: Biznes yuritishni yengillashtirishda eng katta islohotlar amalga oshirgan dunyodagi 20 ta top davlatlar ichida Oʻzbekiston ham eʼtirof etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Jahon banki “Biznes yuritish” xalqaro reytingi doirasida oxirgi bir yil ichida biznesni yuritishda yengilliklarni nazarda tutuvchi eng koʻp islohotlarni amalga oshirgan 20 ta davlatni eʼtirof etdi. Bular ichida Oʻzbekistonda 5 ta yoʻnalishda amalga oshirilgan qadamlar alohida tan olindi.

Jahon banki xabariga koʻra, Oʻzbekiston oxirgi davrda minoritar investorlarni himoya qilishni mustahkamlagan, soliqlar toʻlash tizimini soddalashtirgan, shartnomalarni ijrosini amalga oshirishni kuchaytirgan, shuningdek tashqi savdo yoʻnalishida sezilarli yangiliklar kiritgan.

Bunday tashqari, tijorat tashkilotlarida mustaqil kengash aʼzolari boʻlishi yuzasidan yangi talablar va audit qoʻmitalarining mavqei mustahkamlandi.

Infratuzilma soliqlari foyda soligʻi bilan birlashtirilgani ham alohida taʼkidlangan. Jahon banki mediatsiya institutini rivojlantirishga qaratilgan qadamlarni ham eʼtirof etib, bu borada yagona huquqiy baza shakllanganini va mediatsiyadan foydalanishni ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy etilganini taʼkidlagan.

Bojxona sohasida esa xavf-xatarni tahlil qilish asosida tekshiruvlarni amalga oshirish tartibotlari kiritilganini ham maʼqullagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер