Oʻzbekiston elchisi BAA prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Oʻzbekistonning BAAdagi elchisi etib tayinlangan Abdulaziz Aqqulov ushbu mamlakat prezidenti Muhammad ibn Zayd Al-Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Marosim Abu-Dabidagi “Qasr Al-Vatan” qarorgohida boʻlib oʻtdi.
BAA prezidenti bugungi kunda Oʻzbekiston-BAA munosabatlari jadal rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib borayotganini taʼkidladi. Rasmiy Abu-Dabi Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun barcha choralarini koʻrishga tayyorligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring