Oʻzbekiston elchisi Avstriya Federal Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

15:19 01 Oktyabr 2020 Siyosat
1047 0

Oʻzbekiston Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev chorshanba kuni Avstriya Respublikasi Federal Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Marosim «Hofburg» saroyida boʻlib oʻtdi. Bu yerda faxriy qorovul saf tortdi, davlat madhiyalari ijro etildi.

Tadbirda Avstriya Prezidentining tashqi siyosat va harbiy masalalar boʻyicha maslahatchilari, Tashqi ishlar vazirligi Bosh kotibi va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Suhbat chogʻida Prezident Aleksandr Van der Bellen Avstriya tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan izchil oʻzgarishlar va keng koʻlamli islohotlardan yaxshi xabardorligini taʼkidladi. Soʻnggi yillarda Yevropa va butun dunyoda Oʻzbekistonning obroʻsi oshib bormoqda.

Prezident Avstriya — Oʻzbekiston munosabatlarining bugungi ijobiy dinamikasini yuqori baholar ekan, savdo-investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yana-da takomillashtirish zarurligiga alohida toʻxtaldi.

Eslatib oʻtamiz, 2020-yil 19-avgust kuni elchi Abat Fayzullayev Avstriya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi. Diplomatik protokolga koʻra, Oʻzbekiston elchisi Avstriya Federal Prezidentiga ishonch yorliqlarining asl nusxasini taqdim etgan paytdan boshlab oʻz vazifalarini bajarishga toʻliq kirishgan hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер