Oʻzbekiston - dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri - Global Terrorism Index
Buyuk Britaniyaning iqtisodiyot va tinchlik instituti tahlilchilari tomonidan Global Terrorism Index — 2019 reytingi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Oʻzbekiston oʻtgan yildagiga nisbatan bu boradagi pozitsiyasini uchta punktga yaxshilab, dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoridagi oʻrnini yanada mustahkamlab oldi.
Reytingga 160 ta mamlakat kiritilgan. Ular terrorizm xavfi darajalari boʻyicha joylashtirilib chiqilgan. Unda Oʻzbekiston 135-pogʻonadan joy oldi. Ekspertlar respublikada terrorizm tahdidini 0,019 ball etib belgilagan. Oʻtan yil mamlakatimiz mazkur roʻyxatda 132-oʻrinda edi.
Oʻz navbatida Turkmaniston va Belarus(har ikkalasi 138-oʻrinni boʻlashib olgan) ham xavfsiz davlatlar sifatida eʼtirof etilgan.
Estoniya va Moldova(123), Latviya(117), Litva(107), Ozarbayjon(103), Armaniston(94), Gruziya(90), Qirgʻiziston(87), Qozogʻiston(85), Tojikiston(50) ham reytingga kiritilgan.
Rossiya ushbu roʻyxatda 37-oʻrinda qayd etilgan. Ushbu mamlakatda terrorizm tahdidi 4,9 ball atrofida baholangan. Ammo RF oʻtgan yildagiga nisbatan oʻz pozitsiyasini uchta punktga yaxshilab olgan.
Sobiq ittifoq hududida eng xavfli koʻrsatkich Ukrainaga tegishli boʻlgan. Ushbu davlat roʻyxatdagi pogʻonasini uchta pozitsiyaga yaxshilab olgan boʻlsa-da, 5,547 ball bilan 24-oʻrinda ketyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring