Oʻzbekiston delegatsiyasi Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʻlida betaraflik doʻstlari guruhining yuqori darajadagi uchrashuvida ishtirok etdi

14:47 12 Dekabr 2022 Siyosat
889 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov boshchiligidagi delegatsiya Turkmaniston Hukumati tomonidan Ashxobod shahrida tashkil etilgan “Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yoʻlida betaraflik doʻstlari guruhi”ning yuqori darajadagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari, Ozarbayjon, Eron tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi rahbari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov oʻz nutqida tadbir ishtirokchilariga mamlakat rahbariyatining tashqi siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.

Joriy yilda qabul qilingan 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining maqsad va vazifalari, shuningdek, davlatimiz rahbarining yirik xalqaro forum va tadbirlarda ilgari surgan muhim tashabbuslari, jumladan, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, davlatlarning transport-kommunikatsiya aloqalari rivojlantirish, iqtisodiyotlarning global inqirozning kuchayib borayotgan salbiy oqibatlariga moslashuvi borasidagi saʼy-harakatlar toʻgʻrisidagi gʻoyalari alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekistonning qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlari, Oʻzbekiston Prezidentining BMT shafeligida majburiyatlarni bajarish algoritmini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro muzokaralar guruhini tuzish haqidagi tashabbusini amalga oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, joriy yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan SHHT sammitida Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusining asosiy mazmun-mohiyati, maqsad va ahamiyati tushuntirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер