Oʻzbekiston delegatsiyasi Strasburg shahrida Yevropa parlamenti deputatlari bilan uchrashdi
Joriy yilning 15-17-yanvar kunlari Oliy Majlis vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Strasburg shahrida, Yevropa parlamenti vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Tashrif davomida Yevropa parlamenti deputatlari ishtirokida “Oʻzbekiston va Yevropa parlamenti oʻrtasidagi muloqot va hamkorlikni yanada jadallashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda 30 ga yaqin Yevropa parlamenti deputatlari, shuningdek, turli parlament fraksiyalarining siyosiy maslahatchilari ishtirok etdi.
Davra suhbati qatnashchilariga “Yangi Oʻzbekiston 2030» strategiyasining asosiy yoʻnalishlari, Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan koʻp qirrali oʻzaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari xususida fikr almashildi.
Yevroparlament deputatlari keyingi yillarda Oʻzbekistondagi oʻzgarish va yangilanishlardan yaxshi xabardor ekanliklarini, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar.
Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasining Strasburg shahriga tashrifi doirasida Jeneva diplomatik korpusi prezidenti, shveysariyalik Robert Blumning “Oʻzbekiston – Markaziy Osiyo durdonasi” kitobining taqdimoti ham oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring