Oʻzbekiston delegatsiyasi Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha Kengash vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi
2021-yil 11-12-oktyabr kunlari tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha Kengashga aʼzo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining VI uchrashuvida ishtirok etadi.
Majlisda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyat, jumladan, gumanitar inqirozni oldini olish maqsadida Afgʻoniston xalqiga yordam koʻrsatish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring