Oʻzbekiston delegatsiyasi BMTning Ayollar maqomi boʻyicha komissiyasi sessiyasi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi

20:23 12 Mart 2026 Siyosat
341 0

Ilgari xabar berganimizdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi AQSHning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtayotgan BMT Ayollar maqomi boʻyicha komissiyasining 70-yubiley sessiyasida ishtirok etmoqda. Uning doirasida delegatsiya aʼzolari bir qator yuqori darajadagi xalqaro tadbirlarda qatnashdi.

Jumladan, vazirlar darajasidagi “Barcha ayollar va qizlar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash va mustahkamlash” mavzusidagi davra suhbati hamda “Tizimdagi boʻshliqlarni bartaraf etish: barcha ayollar va qizlar uchun odil sudlovni taʼminlash” mavzusida interaktiv muloqot davomida delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda xotin-qizlarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish va sud tizimida gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarning natijalari bilan oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari sessiya doirasida oʻtkazilgan yalpi majlislar, tematik muhokamalar va turli xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etib, Oʻzbekistonda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Shu bilan birga, tashrif doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazildi. Jumladan, Qozogʻiston Respublikasi delegatsiyasi bilan mazmunli muloqot boʻlib oʻtdi. Xususan, ikki mamlakat oʻrtasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash, ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Uchrashuv yakunida kelgusida ham hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish hamda qoʻshma tadbirlar tashkil etishni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер