Oʻzbekiston — Daniya: diplomatik munosabatlar oʻrnatilganiga 30 yil toʻldi
2022-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Daniya Qirolligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov daniyalik hamkasbi Yeppe Kofodga tabrik yoʻlladi.
Tabrikda Oʻzbekiston Daniyani Yevropadagi muhim hamkor deb bilishi va mamlakatlarimiz oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlikni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilayotgani alohida taʼkidlanadi.
Ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiyot, sogʻliqni saqlash, parlamentlararo aloqalar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi oʻzaro hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring