Oʻzbekiston — Britaniya: parlamentlararo aloqalarning yangi bosqichi
2021-yil 23-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniya parlamenti yuqori palatasi aʼzosi
Saylov kampaniyasining barcha bosqichlari toʻliq yoritilayotgani, saylovda Prezidentlikka nomzodlar oʻrtasida raqobat borligi, telekanallarda ular ishtirokidagi debatlarni kuzatish mumkinligi taʼkidlandi.
P. Lilli Oʻzbekiston hukumati tomonidan barcha sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.
Uchrashuv davomida parlamentlararo aloqalar Oʻzbekiston — Britaniya munosabatlarining muhim yoʻnalishi ekani taʼkidlandi. Britaniya tomoni bu yoʻnalishda muloqotni chuqurlashtirish, shu jumladan, parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish zarurligini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring