Oʻzbekiston bozorlarida narx-navo arzonlashdimi?

16:16 24 Iyun 2019 Jamiyat
2145 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishni davom ettiradi.

Respublikamiz bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 2019-yil 23-iyun holatidagi narxlari

Mol goʻshti

28 000 soʻmdan– 41 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Navoiy shahri “Saxovat” MCHJga qarashli markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizning “Farhod” bozorlarida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kg. mol goʻshtining narxi 28 000 soʻmdan – 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol goʻshti uchun eng qimmat narx Xorazmning Urganch shahar markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 34 000 – 41 000 soʻm.

Qoʻy goʻshti

28 000 soʻmdan – 42 000 soʻmgacha

Eng arzon narx 1 kg. qoʻy goʻshti uchun poytaxtimizning “Farhod” bozorida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qoʻy goʻshtini 28 000 dan 38 000 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada Andijonning Yangi shahar bozori hamda poytaxtimizning “Mirobod”, “Yunusobod” va “Qoʻyliq” dehqon bozorlarida kuzatildi – 1 kg. qoʻy goʻshti – 30 000 dan 42 000 soʻmgacha.

Tovuq goʻshti

10 000 soʻmdan – 21 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 soʻmdan – 13 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq goʻshti esa Toshkentdagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 18 000 – 21 000 soʻm.

Guruch

3 500 soʻmdan – 14 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Surxondaryoning Termiz shahar dehqon bozorida qayd etilgan – 3 000 – 14 000 soʻm.


Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 14 000 soʻm.

Oʻsimlik yogʻi

8 500 soʻmdan – 12 500 soʻmgacha

Eng arzon oʻsimlik yogʻi Fargʻona shahri Markaziy dehqon bozori va poytaxtimizning “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz oʻsimlik yogʻini 8 500 soʻmdan – 11 500 soʻmgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Toshkent shahri “Mirobod“ dehqon bozorida qayd etilgan – 10 000 dan 12 500 soʻmgacha.

Un

2 200 soʻmdan – 4 900 soʻmgacha

Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 soʻm toʻlashingiz zarur boʻladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Toshkentdagi “Mirobod”, “Chorsu”, “Qoʻyliq”, “Farhod” hamda Fargʻona Markaziy shahar dehqon bozorida qayd etildi — bu summa 1 750 soʻmni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 soʻm.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozori, Xorazm Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtimizning “Farhod” va “Yunusobod” dehqon bozorida kuzatildi – 3 500 soʻmgacha.

Shakar

4 300 soʻmdan – 6 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Toshkent shahrining “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200soʻm.

1 kg shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 soʻm.

Tuxum

350 soʻmdan – 650 soʻmgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Toshkentning “Yunusobod” dehqon bozorida kuzatildi 350 - 600 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin.

1 dona tuxum uchun eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Samarqand shahri “Siyob” bozori va poytaxtimizning “Mirobod” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi — 400 - 650 soʻm.

Kartoshka

1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar markaziy dehqon bozori, poytaxtdagi “Chorsu” va Fargʻona Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 soʻmdan – 3 000 soʻmgacha.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Mirobod” va “Chorsu” dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 soʻmgacha.

Pomidor

1 500 soʻmdan – 5 000 soʻmgacha

Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozori, Fargʻona Markaziy dehqon bozori va Toshkentning “Qoʻyliq” dehqon bozorida kuzatildi – 1 500 soʻmdan – 11 000 soʻmgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu”dagi dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Xoʻjalik sovuni

800 soʻmdan – 3500 soʻmgacha

Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Yerqoʻrgʻon” dehqon bozori, Surxondaryoning Termiz shahar dehqon bozori, Fargʻona Markaziy dehqon bozori, Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xoʻjalik sovunini 1 500 soʻmdan (3 500 soʻmgacha) xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Buxoro shahri Markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 1 500 – 3 500 soʻm.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер