Oʻzbekiston boʻylab “Quyoshli xonadon” nomli yirik dastur ishga tushmoqda
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi eʼlon qilindi. Unga koʻra, 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Ushbu Dastur asosida mamlakatimiz hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy quvvati 182,1 MVt boʻlgan quyosh panellarini oʻrnatiladi.
Shuningdek, Dastur doirasida quyosh panellarini oʻrnatish va undan foydalanishni jadallashtirish hamda ushbu ishlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Quyoshli mahalla” tanlovini oʻtkazish koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring