“Oʻzbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes-forumi boshlandi
Mazkur tadbir Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha mintaqaviy boshqarmasi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.
Biznes-forumda tadbirkorlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etmoqda!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov forumning ochilish marosimida nutq soʻzladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring