Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
Davlat rahbarlari huzurida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish toʻgʻrisida Hukumatlararo bitim hamda taʼlim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvlar imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring