Oʻzbekiston banklari islomiy moliyalashtirish boʻyicha 75 mln dollarlik kelishuviga erishdi

19:09 03 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
1288 0

Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan II Oʻzbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida:

«Aloqabank» ATB hamda Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi oʻrtasida islomiy moliyalashtirishning «Murobaha» instrumenti boʻyicha qiymati 30 mln dollar miqdoridagi bitim imzolandi.

Bundan tashqari, «Mikrokreditbank» ATB va Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi kichik biznes va xususiy sektorni moliyalashtirish kredit liniyasi boʻyicha qiymati 30 mln dollar boʻlgan hamkorlik kelishuviga erishdi.

Shuningdek, “Ipak Yoʻli” AITB va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) oʻrtasida savdo moliyalashtirish liniyasi boʻyicha qiymati 15 mln dollar boʻlgan asosiy shartlar roʻyxati tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер