Oʻzbekiston bayrogʻi qoʻshni davlatdan ham koʻrinadi
Xonobod shahri nafaqat Andijon viloyatining, balki Oʻzbekiston Respublikasining eng chekka hududi hisoblanadi. Qirgʻiziston bilan shundoqqina chegarada joylashgan bu shahar oʻzining betakror tabiatiyu soʻlim maskanlari bilan mashhur. Yer sathidan 860 metr balandlikdagi Xontogʻ adirliklarida qad rostlagan davlatimiz bayrogʻi endi Qirgʻizistondan ham koʻzga yaqqol tashlanmoqda.

— Har bir davlatning bayrogʻi shu mamlakat fuqarolarining faxr va iftixoridir, — deydi mehnat faxriysi Saidolim ota Nazarmatov.-Bayrogʻimizni koʻrgan kishining vatanga muhabbat hissi yana-da ortadi.
Shaharning eng yuqori qismiga oʻrnatilgan bayroq 38 metr uzunlikdan iborat.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring