Oʻzbekiston aprel oyida 10,3 ming tonna pomidor eksport qildi

19:00 07 Iyun 2021 Iqtisodiyot
644 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida qiymati 23,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 30,8 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,3 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya – 17,5 ming tonna

Qozogʻiston – 9,6 ming tonna

Qirgʻiz R. – 2,9 ming tonna

Tojikiston – 876,3 tonna

Afgʻoniston – 12,0 tonna

Ukraina – 5,4 tonna

BAA – 1,3 tonna

Germaniya – 0,4 tonna

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston aprel oyida qiymati 7,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 10,3 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер