O‘zbekiston Afg‘onistonga internet xizmatlarini eksport qiladi

12:47 25 Iyul 2018 Jamiyat
1424 0
Foto: O‘zbektelekom

Kecha, 24 iyul kuni “O‘zbektelekom” AK va Afg‘oniston Islom Respublikasining “Wireless Communication Company” (AWCC) telekommunikatsiya operatori rahbariyati o‘rtasida muzokaralar olib borildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda hamkorlik memorandumi imzolandi va O‘zbekiston – Afg‘oniston xalqaro chegara punktlarida “O‘zbektelekom” AK va AWCC tarmoqlari o‘rtasida yangi xalqaro chegara qo‘shma qurilishi bo‘yicha bitim imzolandi. Ushbu bitim Afg‘onistonga xalqaro internet tarmog‘i xizmatlarini eksport qilish imkoniyatini beradi.

Muzokaralar davomida o‘zaro telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq texnik va tijorat masalalari ham muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер