Oʻzbekiston Afgʻonistonga 9 ta vagonda insonparvarlik yordamini joʻnatdi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga muvofiq, qoʻshni afgʻon aholisini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, zarur oziq-ovqat hamda dori-darmon vositalari shaklidagi insonparvarlik yordami “Salomatlik” poyezdi bilan Afgʻoniston xalqiga yetkazildi.
Jami 9 vagondan iborat insonparvarlik yordami 30 turdan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar Hayraton shahrida Surxondaryo viloyati hokimi, Tashqi ishlar hamda Transport vazirligi mutasaddilari, Balx viloyati gubernatori oʻrinbosari Nurullo xodi Abu Idris va boshqa rasmiylar ishtirokida topshirildi.

Tantanali marosimda koʻrsatilayotgan begʻaraz yordam va ikki xalq oʻrtasida doʻstlik, yaqin qoʻshnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratayotgan Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirildi.
“Salomatlik” tibbiy-sanitar yordam poyezdida borgan oʻzbekistonlik bir guruh turli mutaxassislardan iborat shifokorlar joriy yilning 25-30-dekabr kunlari Balx viloyatida afgʻon fuqarolarini bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring