Oʻzbekiston 9 oyda 193 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd AQSH dollaridan oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 % ga oshgan.
— Eksport – 17,7 mlrd.
— Import – 27,0 mlrd.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,1 %), Rossiya (15,7 %), Qozogʻiston (7,2 %), Turkiya (5,3 %) va Koreya Respublikasida (3,8 %) qayd etilgan.
Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-sentyabr oylarida jahonning 193 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring