Oʻzbekiston 9 oyda 15 ta davlatga piyoz eksport qilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 15 ta davlatga qiymati 28,6 mln. AQSH dollariga 171 ming tonna piyoz eksport qilgan.
Piyoz eksporti hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 33,8 ming tonnaga kamaygan.
Oʻzbekiston piyoz mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 133,5 ming tonna;
Rossiya – 17,2 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 10,8 ming tonna;
Pokiston – 5,1 ming tonna.
2022-yilning 9 oyida xorijga eng koʻp piyoz eksport qilgan hududlar:
Jizzax viloyati – 32,3 ming tonna;
Xorazm viloyati – 24,1 ming tonna;
Toshkent viloyati – 20 ming tonna;
Samarqand viloyati – 19,6 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring