Oʻzbekiston 7,4 ming tonna pomidor eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar oyida qiymati 4,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,4 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich:
2019-yil yanvar oyida – 2,1 ming tonna
2020-yil yanvar oyida – 2,9 ming tonna
2021-yil yanvar oyida – 7,4 ming tonna
2021-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 3,6 ming tonna
Qozogʻiston – 2,9 ming tonna
Qirgʻiziston – 542,1 tonna
Tojikiston – 275,3 tonna
Ukraina – 0,7 tonna
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring