Oʻzbekiston 7 ta davlatdan muzqaymoq import qilgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida Oʻzbekiston 7 ta xorijiy davlatlardan qiymati 2,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 190 tonnaga oshgan.
2023-yilning 4 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
— Rossiya – 330 tonna
— Qozogʻiston – 127,2 tonna
— Qirgʻiz R. – 16,4 tonna
— Litva – 8,6 tonna
— Fransiya – 7,4 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring