Oʻzbekiston 7 oyda 12,2 mingta yengil avtomobil import qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati 258,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.
2021-yilning oʻtgan 7 oyi mobaynida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 3 751 ta
Koreya – 3 187 ta
Rossiya – 2 589 ta
Qozogʻiston – 1 330 ta
Polsha – 386 ta
Litva – 312 ta
Tailand – 250 ta
AQSH – 238 ta
Germaniya – 70 ta
Yaponiya – 56 ta
Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning 7 oyida qiymati 7,7 mln. AQSH dollariga 432 ta elektromobil import qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring