Oʻzbekiston 7 million dollarlik limon eksport qildi

12:26 15 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1236 0

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 7,2 million AQSH dollari qiymatidagi 5992 tonnadan ortiq limon eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 2500 tonna koʻp limon eksport qilingan boʻlib 72 foizga oʻsishga erishildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, limonning 45 foizi Rossiyaga va 24 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda limonning eksporti Afgʻonistonga 3,6 barobarga va Ukrainaga 3,3 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Polsha va Tojikistonga limon eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер