Oʻzbekiston 6 ta davlatga ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan

13:07 13 Mart 2023 Iqtisodiyot
816 0

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatga qiymati 3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan.

Ipak va ipak mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 tonnaga oshgan.

Yanvarda Oʻzbekiston ipak va ipak mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1,6 mln.

— Vyetnam – 928 ming

— Hindiston – 170 ming

— Eron – 160 ming

— Turkiya – 104 ming

— BAA – 54 ming AQSH dollari

Yanvarda xorijga eng koʻp ipak mahsulotlarini eksport hududlar:

— Qashqadaryo viloyati – 657 ming

— Andijon viloyati – 559 ming

— Namangan viloyati – 520 ming AQSH dollari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер