Oʻzbekiston 6 oyida 6,5 mln dollarlik konditsioner eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning dastlabki 6 oyida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 6,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan konditsioner eksport qilgan.
Konditsioner eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 mln. AQSH dollariga oshgan.
Oʻzbekiston 2021-yilning dastlabki 6 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
- Ozarbayjon – 3,9 mln.
- Tojikiston – 960,9 ming
- Rossiya – 571,1 ming
- Turkmaniston – 336,2 ming
- Qozogʻiston – 273,5 ming
- Qirgʻiz R. – 243,2 ming
- Moldova – 80,6 ming
- Afgʻoniston – 45,7 ming
- Yaman – 18,3 ming
- Turkiya – 12,5 ming AQSH dollari
2021-yilning dastlabki 6 oyida konditsioner eksport qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 5,7 mln.
- Toshkent viloyati – 796,4 ming
- Andijon viloyati – 0,9 ming AQSH dollari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring