Oʻzbekiston 58 ta davlatga 1,6 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qildi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 58 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,6 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Toʻqimachilik mahsulotlari eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602,0 mln. AQSH dollariga oshgan.
2021-yilning 7 oyida Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlarini eng koʻp eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 514,8 mln.
Xitoy – 402,3 mln.
Qirgʻiz R. – 211,8 mln.
Turkiya – 202,4 mln.
Pokiston – 36,4 mln.
Polsha – 35,1 mln.
Eron – 28,3 mln.
Ukraina – 26,3 mln.
Qozogʻiston – 25,8 mln.
Misr – 16,9 mln.
Italiya – 16,2 mln.
Belarus – 11,8 mln.
Ozarbayjon – 10,0 mln. AQSH dollari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring