Oʻzbekiston 5 oyda xorijga 27 ming tonnadan ziyod gilos eksport qildi

12:50 23 Iyun 2021 Iqtisodiyot
641 0

Davlat statistika qoʻmitasi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida qiymati 43,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 27,6 ming tonna gilos eksport qilgan.

Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga koʻp.

2021-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston eng koʻp gilos eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 13,8 ming tonna;

Rossiya – 8,6 ming tonna;

Qirgʻiziston – 4,7 ming tonna;

Ukraina – 212,3 tonna;

Belarus – 142,2 tonna;

Polsha – 67,0 tonna.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga gilos eksport qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер