Oʻzbekiston 42,5 million dollarlik mayiz eksport qildi

15:52 29 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
1623 0

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 42 mln. 515 ming AQSH dollari qiymatidagi 31 550 tonna mayiz eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mayizning 28 foizi Xitoyga, 14 foizi Qirgʻizistonga va 10 foizi Turkiyaga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda mayizning eksporti Niderlandiyaga 7,4 barobarga, Moʻgʻulistonga 4,2 barobarga va Gretsiyaga 1,5 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Kanada, Fransiya, Pokiston, Moldova, Italiya, Bangladesh va Janubiy Koreyaga mayiz eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер