Oʻzbekiston 36 ta davlatdan shokolad va kakao mahsulotlari import qilgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 62 mln AQSH dollariga 19,7 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.
Shokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 957 tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 6 oyda eng koʻp shokolad import qilgan davlatlar:
— Rossiya – 13,8 ming tonna
— Polsha – 1,9 ming tonna
— Ukraina – 869 tonna
— Niderlandiya – 613 tonna
— Qozogʻiston – 589 tonna
— Turkiya – 526 tonna
— Belarus – 181 tonna
— Litva – 156 tonna
— Germaniya – 136 tonna
— Italiya – 98 tonna
— Fransiya – 69 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring