Oʻzbekiston 33 ta davlatdan shampun import qilgan
Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyul oylarida 33 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,2 ming tonna shampun import qilgan.
Shampun importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp shampun import qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya – 2 ming tonna;
Ruminiya – 690 tonna;
Koreya – 384 tonna;
Turkiya – 203 tonna;
Xitoy – 164 tonna;
Hindiston – 130 tonna;
Fransiya – 103 tonna;
Germaniya – 76 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring