Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatdan kofe import qilgan

02:17 29 Avgust 2021 Iqtisodiyot
1088 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 196,4 tonna kofe import qilgan.

Kofe importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 257,6 ming AQSH dollariga koʻp.

Oʻzbekiston oʻtgan 7 oy mobaynida kofe import qilingan asosiy davlatlar:

Rossiya – 57,4 tonna;

Italiya – 52,6 tonna;

Braziliya – 34,0 tonna;

Vyetnam – 22,6 tonna;

Belorus – 13,1 tonna;

Germaniya – 2,8 tonna;

Turkiya – 2,7 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер